Astma kasalligi bo’lgan bolalarni emlash: nimani bilish muhim?
Astma kasalligi mavjud bolalarni o’z vaqtida emlash, ularning hozirgi ahvolini yomonlashtirishi mumkin bo’lgan, jiddiy infektsiyalar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Bolani emlash to’g’risida qaror, tekshiruvdan so’ng, shifokor tomonidan qabul qilinadi. Ba’zi vaktsinalar allergen hisoblanishi mumkin bo’lgan moddalarni o’z tarkibida mujassam etishi mumkin. Shuning uchun, agar farzandingiz biron bir oziq-ovqat yoki dori vositasiga allergiyasi bo’lsa, shifokoringizga xabar berishingiz lozim, shunda u farzandingizga ma’lum bir vaktsina berilishi mumkinligini tekshira oladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)