Bolada ukoldan keyin og’riqni qanday yengish mumkin?
Ukol qilingan joyda og’riq – bu tananing odatiy reaktsiyasi. Emlashdan keyin farzandingizni tinchlantirish uchun uni qo’llaridan tuting va bag’ringizga bosing. Odatda, chaqaloqlarga ko’krak tutilsa, tezda tinchlanadilar. Kattaroq bolalarga esa o’yinchoq taklif etilsa, tinchlanishlari oson bo’ladi.
Maqtov so’zlari va quchoqlash bilan birgalikda tinchlantiruvchi ovoz farzandingizni hamma narsa yaxshi ekanligiga ishontirishga yordam beradi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)