Illustration_14

Chaqaloqni emlash uchun qanday tayyorlanish kerak?

Emlashdan oldin

  • Poliklinikada mutaxassisdan so’ramoqchi bo’lgan emlashga doir savollarni yozib oling.
  • Agar chaqalog’ingizni tobi bo’lmasa, isitma, qusish yoki ichi ketayotgan bo’lsa, mutaxassisga xabar berishni unutmang – bu hollarda emlash bir necha kunga qoldirilishi mumkin.
  • Shoshmaslik yoki asabiylashmaslik uchun ko’proq vaqt bilan uydan chiqing.

Agar siz emizikli farzandning onasi bo’lsangiz

  • Farzandingizga tez yechilib, qayta kiyiladigan keng kiyim kiydiring.
  • Ukol nozik igna bilan amalga oshiriladi, ammo ukoldan chaqaloq yig’lab yuborishi mumkin. Farzandingizni tinchlantirish uchun uni emizish yoki qiziqarli o’yinchoq bilan chalg’itishga harakat qiling.

Agar bola 3 yosh yoki undan katta bo’lsa

  • Bolani psixologik jihatdan tayyorlash va bu biroz og’riqli bo’lishiga shay turishini aytish kerak. Bolaga bu faqat chivin chaqqandek, ammo uning sog’lig’i uchun foydali bo’lishini ta’kidlash lozim.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Aldıng’ı Keyingi