About_COVID-19.width-360.png

COVID-19 nima?

2019 koronavirus kasalligi (COVID-19) koronavirusning yangi shtammidan kelib chiqgan bo’lib, "CO" tojni, "VI" virusni va "D" kasallikni anglatadi.

COVID-19ning belgilari qanday? COVID-19ning belgilari quyidagichabo’lishi mumkin:

  • yuqori harorat
  • quruq yo'tal
  • tartibsiz nafas olish
  • charchoq

Og'ir holatlarda infeksiya pnevmoniya yoki nafas olishning qiyinlashuviga olib kelishi mumkin. Kam hollarda kasallik o'limga olib kelishi ham mumkin.

Ushbu alomatlar COVID-19 ga qaraganda tez-tez uchraydigan gripp yoki shamollashga juda o'xshaydi, . Shuning uchun odamda COVID-19 infeksiyasi bor yoki yo'qligini tasdiqlash uchun maxsus testdan o'tish kerak. Shuni yodda tutish lozimki, COVID-19 ning oldini olish choralari grippni oldinig olish choralari bilan bir xil, bular: qo'llarni sovun va suv bilan tez-tez yuvish, yo'tal yoki aksirish vaqtida og’iz va burunni egilgan tirsak yoki ro'molcha bilan yopish, so'ngra ishlatilgan salfetkani yopiq axlat qutisiga tashlash.

COVID-19 qanday tarqaladi?

Virus, birinchi navbatda, xavo tomchi yo’li bilan yuqadi (kasal odamning yo'talish, aksirish, gapirish, qo'shiq aytish natijasida). Odamlar, shuningdek, virusli yuzalarga tegib ketgandan keyin og'iz, burun yoki ko'zlariga tegsa ham kasallik yuqishi mumkin. COVID-19 virusi yuzalarda bir necha soatdan bir necha kungacha saqlanib qolishi mumkin, ammo oddiy dezinfektsiyalash vositalari uni o'ldirishi mumkin.

COVID-19 uni yuqtirgan odamdan atrofdagilarga kasallik alomatlari paydo bo'lishi paytida va undan oldin ham yuqishi mumkin.

Oldingi Keyingi