COVID-19 bilan kasallanish ehtimoli mavjud yoki tasdiqlangan emizikli ayollar uchun gigiyena amaliyotlari
Emizish paytida COVID-19 zarralarining bolaga ta'sir qilish ehtimolini kamaytirish uchun, ona quyidagi gigiyena qoidalariga rioya qilishi kerak:
- Har bir emizishdan oldin 20 soniya davomida qo‘lni sovunlab yuvish, yoki kamida 60 % alkogolli qo‘llarni tozalash vositasidan foydalanish;
- Emizish paytida va bola bilan ona o‘rtasidagi masofa 2 metrdan kamroq bo‘lganida niqob taqish;
- Niqobni qayta ishlatmaslik, niqobning old qismiga tegmaslik va orqa tarafdagi elastik tasmalardan ushlab olib tashlash zarur;
- Agar ona emizishga tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsa, lekin yo‘tal yoki aksirish orqali ko‘krak yoki ko‘krak atrofini ifloslantirgan bo‘lsa, ko‘krakni 20 soniya yoki undan ko‘proq vaqt davomida iliq suvda sovunlab ehtiyotkorlik bilan yuvishi kerak. Har bir emizish yoki sutni pompalashdan oldin ko‘krakni yuvish shart emas.
COVID-19 bilan kasallanish ehtimoli mavjud yoki tasdiqlangan emizikli ayol chaqaloqni pompalangan ona suti bilan emizishni tanlasa, u quyidagilarga rioya qilishi kerak:
- Sutni pompalashdan oldin qo‘lini sovunlab yuvib, niqob taqish.
- Sutni har bir pompalashdan keyin, ko‘krak pompasining barcha qismlarini yaxshilab sovunlab yuvish.
- Bolaga pompalangan sutni oiladagi COVID-19 ga qarshi emlangan hamda COVID-19 kasalligi og‘ir kechishi mumkin bo‘lgan xavf ostidagi guruhga kirmaydigan inson bergani ma'qul.
- Doimo shuni esda tutish kerakki, agar bola COVID-19 tashxisi tasdiqlangan ona bilan bir xonadonda yashasa, virusning bolaga yuqishi ehtimoli bor.