Agar bolada ma’lum bir oziq-ovqatga allergiyasi bo’lsa, uni emlash kerakmi?
Emlashdan oldin shifokor bolani tekshiradi va ota-onasidan bolaning biron bir oziq-ovqat yoki dori vositalariga allergiyasi bor-yo’qligini aniqlaydi. Shunday qilish orqali, shifokor ma’lum bir vaktsinani qo’llash mumkinligini belgilay oladi, chunki ba’zi vaktsinalar allergen hisoblanishi mumkin bo’lgan moddalarni o’z tarkibida mujassam etishi mumkin.
Agar bolada oldingi vaktsinaga nisbatan kuchli allergik reaktsiya yuzaga kelgan bo’lsa, kelajakda bu vaktsinani olmagan ma’qul.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)