Bachadon bo’yni saratonidan yuqori darajali himoyani ta’minlash uchun qizim Odam papillomasi visrusiga qarshi vaksinaning nechta dozasini qabul qilishi kerak?
❓Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz:
Bachadon bo’yni saratonidan yuqori darajali himoyani ta’minlash uchun qizim Odam papillomasi visrusiga qarshi vaksinaning nechta dozasini qabul qilishi kerak?
Ushbu savol ko’pchilik ota-onalar tomonidan berilmoqda:
✳️15 yoshgacha: Odam papillomasi visrusiga qarshi vaksinaning 2 ta dozasini qabul qilish kerak (ikkinchi doza birinchi dozadan 6 oy o’tgach qabul qilinadi);
✳️15 yoshdan so’ng: yuqori darajali himoyalanish uchun vaksinaning 3 ta dozasi zarur (ikkinchi dozasi birinchi dozadan 2 oy va uchinchisi 6 oy o’tgach qabul qilinadi).
‼️Eslatib o’tamiz, Odam papillomasi visrusiga qarshi emlash Milliy profilaktik emlash kalendariga kiradi va shu sababli bepul. Farzandlaringizni himoya qiling va ularni emlang! Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytga kiring. Quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: www.privivki.uz
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)