Ba'zi vaktsinalarni kechiktirishim kerakmi yoki nostandart jadvalga rioya qilishim mumkinmi?
Vaktsinalarni vaqtida, muntazam ravishda, emlash taqvimiga rioya qilgan xolda olish zarur.
Emlashni kechiktirishdan bolalarga hech qanday foyda yo'q. Emlash jadvalini kechiktirib yuboradigan yoki unga rioya qilmagan go'daklar va yosh bolalar, siz ularning vaktsina olish vaqtini kechiktirgan davrda kasalliklar rivojlanishi xavfi ostiga tushib qoladilar. Vaktsina yordamida oldini olish mumkin bo'lgan ba'zi kasalliklar hali ham dunyoda keng tarqalgan. Vaktsinalar bilan himoyalanmagan bolalar kasalxonaga yotqizilishi yoki o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan jiddiy xastalikka chalinish xatariga duch keladilar.