Illustration_24

Bolaga, nima uchun emlash zarurligini, qanday tushuntirsa bo’ladi?

Bolani emlashga tayyorlash emlash jarayonining muhim bosqichidir. Farzandingiz bilan emlash nima ekanligini va u nima uchun kerakligini oldindan muhokama etish lozim.

Bola ma’lumotni osongina o’zlashtira olishi uchun oddiy va tushunarli so’zlardan foydalanish muhimdir. Suhbat uchun asosiy iboralarni tuzing: "immunitetni oshirish", "epidemiya tarqalishining oldini olish", "kelajakda mumkin bo’lgan kasalliklardan himoya qilish" uchun, kabi.

Emlashdan avval, ukol biroz achishtirishi mumkinligini, ammo bu tezda o’tib ketishini, tushuntirish kerak bo’ladi. Emlashdan so’ng, bolani maqtashni va u bilan sayr qilish yoki sevimli taomi kabi, yoqimli narsalarni taklif etishni unutmang. Bu bolaga muolajalardan osonroq o’tish va kelajakda emlashga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi