002_02

KKV vaksinasi bu nima? Nimasi bilan u KPKdan farqlanadi?

️‼️ KKV - qizilcha-qizamiqqa qarshi vaksinadir (QQV). Bolalar ushbu vaksina bilan epidemiologik ko’rsatmaga asosan, qizamiq va qizilcha tarqalishining oldini olish maqsadida emlanadi.

✅ Milliy profilaktik emlash kalendariga muvofiq, bolalar qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi (kombinatsiyalangan) vaksina (KPK/QPQ) bilan emlanishi shart.

✳️ Organizmning kuchli himoyalanishini ta’minlash uchun KPK/QPQning ta dozasi talab etiladi, qizamiqqa qarshi ikki marotaba emlanish kerak.

🔴 Ammo epidemiologik ko’rsatmaga asosan, KPK/QPQga qo’shimcha ravishda KKV/QQV bilan emlash amalga oshiriladi. Qizamiq o’ta og’ir asoratlarga va hatto o’limga ham olib kelishi mumkin. Ushbu vaksina xavfsiz va samaralidir.

Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling yoki www.privivki.uz rasmiy saytga kiring.

Average Rating: (0 reviews)

Leave Your Feedback

Recent Reviews

Oldingi Keyingi