Mening farzandim 12 oyligida qizamiqdan emlangan, nima uchun tibbiyot hamshirasi qizamiqqa qo’shimcha emlashni taklif qilmoqda?
❗️Farzandim endi 6 oylik bo’lgan, ammo menga poliklinikadan qo’ng’iroq qilib, uni qizamiqqa qarshi emlash kerakligini aytishdi.
❓Farzandim 12 oyligida qizamiqqa qarshi emlangan, nima uchun tibbiyot hamshirasi qizamiqqa qo’shimcha emlashni taklif qilmoqda?
❓Farzandim qizamiqdan to’liq emlangan – 12 oyligida va 6 yoshida. Nima sababdan maktabda uni qo’shimcha emlash taklif qilinmoqda?
Milliy profilaktik milliy emlash kalendariga muvofiq, 12 oylik va 6 yoshdagi bolalar qizamiq, epidemik parotit va qizilchaga qarshi (kombinatsiyalangan) vaksina (KPK/QPQ) bilan emlanadi. KPK/QPQning 2 ta dozasi organizmning kuchli himoyalanishini ta’minlaydi.
✅ Qizamiqni yuqtirib olgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan aholi va bolalar orasida (noxush epidemik vaziyatda, bemor bilan muloqot kuzatilganda va ushbu xavfli) kasallikni oldini olish maqsadida 6 oylikdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar qizamiqqa qarshi (qo’shimcha) epidko‘rsatma asosida emlanish mumkin. Ushbu emlash xavfsiz va samaralidir.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)