Meningitga qarshi emlash: nimani bilishingiz kerak?
Meningit jiddiy yuqumli kasallik bo’lib, u miya qobiqlarining yallig’lanishiga olib keladi. U tez va o’tkir rivojlanadi, og’ir asoratlarni keltirib chiqarishi va o’limga olib kelishi mumkin.
Meningit har qanday yoshdagi odamlarga zarar keltiradi, ammo yosh bolalar eng katta xavf ostida. Uni keltirib chiqaruvchi omillar – bakteriyalar, viruslar, zamburug’lar va parazitlar bo’lishi mumkin.
Emlash faqat meningokokk infektsiyasidan kelib chiqqan meningitga qarshi amalga oshiriladi:
- kasallangan odam bilan aloqada bo’lganlar orasida;
- meningokokk sababli yuzaga kelgan meningit holatlari qayd etilgan mamlakatlarga sayohat qilganlar orasida.
Emlash bir marta o’tkaziladi va immunitet 3 yil davom etadi. Uch yildan so’ng, agar zarur bo’lsa, qayta emlash mumkin.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)