Nima sababli bir vaktsinani shu qadar ko'p dozada olish kerak?
Standartlar bo'yicha bolalarga avval vaktsinasiya jarayonini amalgaa oshiramiz, so'ng esa emlashdan keyin hosil bo'lgan immunitetni mustaxkamlash uchun qayta emlaymiz – ya'ni revaktsinasiya qilamiz. Natijada bolalarimizni yuqumli kasalliklardan ximoya qilgan bo'lamiz.
Har bir vaktsinaning tavsiya etilgan dozasini olish bolangizni eng yaxshi himoya bilan ta'minlaydi. Vaktsinaga qarab, kasalliklarning oldini olish yoki vaqt o'tishi bilan pasayadigan immunitetni oshirish va etarli darajada yuqori immunitetni hosil qilish uchun bolangiz emlashning bir nechta dozasiga muhtoj bo'ladi. Vaktsinaning har bir dozasi juda muhim, chunki chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalar uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.