Nima uchun qizamiq, parotit va qizilchaga qarshi emlashlar birgalikda o’tkaziladi?
Qizamiq, qizilcha va epidemik parotitga qarshi kombinatsiyalangan vaktsina (QPQ) keng qo’llaniladi, chunki u alohida olingan vaktsinalarga nisbatan afzalliklarga ega: u bolalarda bir vaqtning o’zida uchta infektsiyaga qarshi immunitetni shakllantiradi.
Agar vaktsinalarni alohida-alohida kiritishda, ular orasida interval bo’lsa, birinchi kiritishdan so’ng, bolada qolgan ikkita kasallikka qarshi immunitet shakllanishga ulgurmaydi. Bundan tashqari, alohida vaktsinalardan foydalanganda, bolalarga ko’proq ukol qilish va klinikaga ko’proq tashrif buyurishga to’gri keladi.
Vaktsinalar xavfsiz – barcha vaktsinalar, shu jumladan kombinatsiyalangan vaktsinalar, ularning har bir alohida vaktsina kabi samarali va xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun, puxtalik bilan sinovdan o’tkaziladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)