OIVni davolash
Millionlab odamlarda hali davosi yoʻq OIV infeksiyasi aniqlanganiga qaramay, zamonaviy antiretrovirus terapiya (ART) ularga qarilikka qadar yashashga yordam beradi. Antiretrovirus terapiyasi organizmdagi viruslar miqdorini kamaytirishga va kasallik belgilarini nazorat qilishga yordam beradi.
Kasallikni oʻz vaqtida aniqlash va davolash hayotni uzaytiradi va hayot sifatini yaxshilaydi.
Respublikamizda ART davolashni tashkil etish 15 ta muassasa tomonidan amalga oshirilmoqda.
ARVT tuman darajasida faoliyat yurituvchi infeksiya xonalari tarmogʻi tomonidan ta’minlanadi.