Qanday holatlarda OIV bilan kasallanish holati kuzatilishi mumkin?
- Himoyalanmagan jinsiy aloqa paytida
- Giyohvandlar oʻrtasida bitta shpritsni qayta ishlatish natijasida
- Kontaminatsiyalangan (infeksiya tushgan, zararlangan) tibbiy asboblarni qayta ishlatganda
- Pirsing va tatuirovka paytida sterillanmagan asboblardan foydalanish natijasida
- Qon qoldiqlari boʻlgan begonalarning shaxsiy buyumlaridan foydalanganda (tish choʻtkasi, ustara orqali)
- Homiladorlik, tugʻish va emizish davrida OIV bilan kasallangan onadan farzandiga yuqishi
- Qon va qon mahsulotlarini quyishda
- Organlarni koʻchirib oʻtkazishda