Vaktsina samaradorligi nimani anglatadi?
Vaktsina samaradorligi vaktsinaning amalda qanchalik yaxshi samara berishini tavsiflaydi.
Misol uchun, bizda samaradorligi 80-95% ekanligi isbotlangan vaktsina bor deb faraz qilaylik. Bu shuni anglatadiki, ko’p sonli kishilar ishtirokidagi klinik sinovlarda vaktsina olganlar nazorat guruhiga (platsebo olganlarga) qaraganda kasal bo’lish xavfi 80-95% ga kamroq bo’lgan.
Shuningdek, aholi orasida kasallikning yo’qligi allaqachon ushbu kasallikka qarshi emlashning samaradorligiga dalolat qiladi.
Average Rating: ☆ ☆ ☆ ☆ ☆ (0 reviews)