VPCH/OPV-vaktsina reproduktiv funktsiyaga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?

Yo'q, VPCH/OPV-vaktsina reproduktiv funktsiyaga ta'sir qilmaydi. Bu vaktsina JSST tomonidan va O'zbekiston Respublikasi SSV gining farmakologiya qo'mitasi tomonidan kafolatlangan. VPCH/OPV-vaktsinasi tibbiyot amaliyotida qo'llanilishi butun dunyoda ilmiy asoslangan bo'lib, ayollarning reproduktiv funktsiyalarini umuman izdan chiqarmasligini isbotladi.

Shu bilan birga, VPCH/OPV-vaktsinaning bachadon bo'yni saratonidan oldingi shikastlanish, turli kandilomalar va bachadon bo'yni saratoniga chalinishning oldini olishi reproduktiv funktsiyani himoya qilishga yordam beradi.

O'zbekiston ham boshqa davlatlar kabi bachadon bo'yni saratoni kasalligini ro'yxatga olish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi, har kuni 2 tadan ayol ushbu kasallik sababli olamdan o'tadi – bu katta fojia. Bizning maqsadimiz - kelajakda bu kasallikka chalinmaslik va ayollarimiz sog'lom bo'lishiga erishishdir.

Oldingi Keyingi