Bananli pechenye
Sizni biz bilan mazali banan pishiriqlarini pishirishga taklif qilamiz. Ular juda yumshoq va xushboʻy boʻlib chiqadi. Pishirish mobaynida banan hidini atrofga tarqalganini his qilasiz va albatta, pechenyeni tatib koʻrganingizda, bu xushboʻylikni yana bir bor his qilasiz.
Banan pechenyelari tez tayyorlanadi. Bu pishiriq doʻstlar bilan uyda choy ichish uchun juda mos keladi.
Kerakli mahsulotlar:
- 100 gramm sariyog' (xona haroratida yumshatilgan);
- 100 gramm shakar;
- 2 dona tuxum;
- 10 gramm pishirish kukuni (razrixlitel);
- 0,5 choy qoshiq tuz;
- 2 ta banan;
- 320 gramm un.
Tayyorlanishi:
1-BOSQICH
Sariyogʻni idishga solib, unga tuxum va shakar qoʻshing va silliq boʻlguncha mikser bilan uring. Mikser boʻlmasa, avval qoshiq bilan, keyin esa koʻpirtirgich bilan aralashtiring.
2-BOSQICH
Bananlarni vilka bilan maydalang, ularni tayyorlangan massaga qoʻshing. Bularga tuz qoʻshing va mikser bilan aralashtiring (yana koʻpirtirgichdan foydalanishingiz mumkin).
3-BOSQICH
Keyin un, pishirish kukuni qoʻshing va bir hil massa olinmaguncha qoshiq bilan aralashtiring. Tayyor xamir yopishqoq boʻlishi kerak.
4-BOSQICH
Pech tovasini pergament qogʻoz bilan yoping. Taxminan 1 osh qoshiq xamirni olamiz va undan oʻzingiz hohlagan shakl: doira, kvadrat hosil qilsangiz boʻladi. Hosil boʻlgan shakllarni tovaga bir-biridan uzoqroq solib chiqamiz.
5-BOSQICH
Pechni 180 °C ga oldindan qizdiring va pechenyeni 25 daqiqaga pishiring.
Pechenyemiz tayyor!
Banan pechenyelarimiz qanday chiqganligi haqida bizga, izohlarda xabar bering.