детокс.jpg

Ehtiyot boʻling: Detoksli parhezlar xavfsiz emas!

Detoks parhezi nima?

Detoks parhezining asosiy gʻoyasi organizmni bosh ogʻrigʻi va koʻngil aynishiga olib keladigan “zararli” moddalardan tozalashdir. Bundan tashqari, detoksli parhezlar ta’sir qilishi haqida hech qanday dalil yoʻq.

Detoks parhezlari xilma-xildir. Ba’zilari kofein, sut mahsulotlari, glyuten va qizil goʻsht kabi ovqatlardan voz kechishni tavsiya qiladilar. Boshqalari kun davomida och yurishni tavsiya qiladilar. Yana birlari, goʻyoki toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradigan sharbatlar, shaffof shoʻrvalar yoki boshqa ichimliklarni tavsiya qiladilar. Ichaklarni “tozalash” uchun yoʻgʻon ichakni yuvish yoki hoʻqna qilishga odamlarni undaydiganlari ham bor.

Keling, bu haqda bir oz ma’lumot beramiz.

Nima uchun ulardan chetlanish kerak?

● Oʻsmirlarga detoks parhezlar tavsiya etilmaydi. Sizga normal oʻsish uchun juda koʻp oziq moddalar, yetarli kaloriya va protein kerak. Shuning uchun uzoq muddat och qolishni taklif qiladigan parhezlar yaxshi fikr emas.

● Detoks parhezlari vazn yoʻqotishga yordam bermaydi. Bir necha kun davomida och yuradigan odamlar bir qancha kg vazn yoʻqotadilar, ammo bu suv va mushaklarning yoʻqolishi hisobiga keladi. Koʻpchilik dietadan soʻng yoʻqolgan vaznini tezda tiklaydi.

● Detoks qoʻshimchalari nojoʻya ta’sirga ega. Ularning ba’zilarida laksatiflar mavjud. Laksatiflar odamlarni hojatxonaga tez-tez borishga majbur qiladi. Laksatiflar va hoʻqnalar organizmni suvsizlantirishi va elektrolitlar (mineral va tuz muvozanati) hamda suv muvozanatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

● Detoks parhezlari faqat qisqa muddatga moʻljallangan. Odam qancha koʻp detoks holatida boʻlsa, muammolar ehtimoli shunchalik yuqori boʻladi. Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida och yurish insonning metabolizmini (moddalar almashinuvini) sekinlashtirishi mumkin. Bu esa vazn yoʻqotish jarayonini murakkablashtiradi.

Siz toʻgʻri ovqatlaning tanangiz esa qolganini oʻzi bajaradi.

Inson tanasi oʻzini tozalashga moslashtirilib yaratilgan. Siz koʻproq suv ichish orqali, mashq qilish va yogʻli hamda shakarli ovqatlarni cheklash orqali unga yordam berishingiz mumkin.

Turli xil sogʻlom taomlarni iste’mol qiling:

● meva va sabzavotlar;

● butun don, yongʻoq va urugʻlar;

● yogʻsiz goʻsht, baliq va loviya;

● kam yogʻli sut mahsulotlari, jumladan yogurt, kefir va sut.

Agar detoksli dietalar haqida savollaringiz boʻlsa yoki vazningiz haqida tashvishlansangiz, shifokoringiz yoki dietologingiz bilan maslahatlashing.

Oldingi Keyingi