Energetik ichimliklar biz oʻylagandek zararsiz emas
Energetik ichimliklar — oʻzida yuqori miqdorda shakar, kofein, taurin va L-karnitin kabi qoʻshimcha moddalarni mujassamlashtirgan ichimlikdir.
Hatto alkogolsiz energetik ichimliklar ham bolalar va oʻsmirlar uchun xavflidir. Ushbu ichimliklar tarkibida koʻp miqdorda shakar va kofein, balki guarana, jenshen va taurin ekstraktlari ham mavjud boʻlib, ular hali ham yaxshi oʻrganilmagan va tegishli nazoratsiz tarkibiga turli xil mahsulotlar qoʻshiladi. Energetik ichimliklar sport bilan faol shugʻullanuvchi yoki sport ishqiboziga aylangan yoshlar orasida keng iste’mol qilinadi.
Soʻnggi paytlarda ishlab chiqaruvchilar koʻpincha juda yuqori konsentratsiyaga ega kofeinli ichimliklar ishlab chiqarmoqdalar. Shifokorlarning ta’kidlashicha, soʻnggi yillarda energetik ichimliklarni iste’mol qilish bolalar va oʻsmirlar salomatligi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu kayfiyat va xatti-harakatlarning buzilishi, diabetning kuchayishi, yurak faoliyati va hatto tutqanoq tutishigacha olib kelmoqda. Kofeinga boy ichimliklar hatto oʻsmirlik yoki bolalik davridagi yurak xurujiga va toʻsatdan oʻlimga olib kelishi ham mumkin.
Eng yaxshisi energetik ichimliklar oʻrniga suv ichgan ma’qul.