Kartoshkali lavash naychalari
Ushbu retseptdan tayyorlash oson boʻlgan ajoyib va juda mazali trubochkalar chiqadi! Uni nonushta uchun tayyorlashni tavsiya qilamiz!
Kerakli mahsulotlar:
- 2ta lavash xamiri;
- 3 dona kartoshka;
- 100 gramm piyoz;
- 30 gramm sariyogʻ;
- 50 ml sut;
- 2 osh qoshiq smetana;
- tuxum;
- kunjut.
Tayyorlanishi:
1-BOSQICH
Kartoshkani tozalang va shoʻr suvda pishgunicha qaynatib oling (taxminan 15-20 daqiqa, kartoshka ichiga vilka tiqib, tayyorligini tekshiring: agar vilka erkin kirsa, kartoshka tayyor).
2-BOSQICH
Piyozni yarim halqalarga toʻgʻrang va qovuring.
3-BOSQICH
Pishgan kartoshkani suvini toʻkib yuboring. Unga piyoz qoʻshing va ezib pyure tayyorlang.
Agar xohlasangiz, qirgʻichdan chiqarilgan pishloq yoki koʻkatlar qoʻshishingiz mumkin.
4-BOSQICH
Lavashni taxminan 6-7 qismga kesib, teng kvadratlar hosil qiling.
5-BOSQICH
Chuqur idish ichida oʻsimlik yogʻi, smetana, sut va tuzni aralashtiring. Aralashmani lavash toʻrtburchaklari yumshoq boʻlishi va yirtilmasligi uchun ustiga surib chiqing.
6-BOSQICH
Kvadratning bir chekkasiga kartoshkadan soling. Boʻlakni ruletga oʻxshab oʻrab, naycha holiga keltirib, burchaklarni ichkariga kiriting.
7-BOSQICH
Pechni oldindan 180° C ga qizdiring. Naychalarni pech tovasiga qoʻying. Vilkada atalangan tuxumni ustiga surting va kunjut seping (ixtiyoriy ravishda). Trubochkalarni pechga 20 daqiqaga qoʻying.
Kartoshkali lavash naychalari issiq paytida eng mazali boʻladi. Ularni choy yoki qahva bilan dasturxonga torting.
Agar siznaychalarni pishirishga harakat qilib koʻrgan boʻlsangiz, ular haqida bizga yozib qoldiring!