кошерная.jpg

Kosher oziq-ovqat mahsulotlari

Kosher taomlar — bu yahudiylarning qatʼiy belgilangan qonunlariga koʻra tayyorlangan har qanday ovqat boʻlishi mumkin. Italiya, Gruziya yoki Tailand oshxonasi taomlari ham kosher ovqat turiga kirishi oʻlishi mumkin, bunda ularning tarkibida choʻchqa goʻshti, dengiz mahsulotlari, parranda goʻshti, hatto sabzavotlar ham boʻlmasligi kerak.

Oʻrdak goʻshti, bedana, tovuq va hatto kabutar goʻshtlari ham kosher taom hisoblanadi, lekin kemiruvchilar — quyon va shu kabilarning goʻshtlari kosher emas. Qolaversa, yirtqich qushlar ham kosher ratsioniga kirmaydi.

Agar baliqning tillachalari va suzgichi boʻlsa kosher hisoblanadi. Xuddi barcha baliqlarda bu narsalar bordek tuyulsa-da, aslida, laqqabaliq, bakrabaliq, mollyusklar va qisqichbaqasimonlar hamda qora baliq urugʻi kosher taomnomasiga kiritilmaydi, ammo qizil baliq urugʻini bemalol roʻyxatga kiritish mumkin.

Nima uchun kosher mahsulotlar avvaldan sifatli deb hisoblanib kelinadi?

Birinchidan, kosherlik — sifat belgisi. Bu mahsulotlarning sifati mashgiax tomonidan belgilanadi. “Mashgiax” soʻzi ivrit tilidagi “ashgax” — “nazorat, kuzatish” soʻzidan kelib chiqadi. Mashgiax oshxonadagi kosher boʻlish holatini kuzatadi: mahsulotlarni va idishlarni tekshiradi, plitani yoqadi va oʻchiradi.

Kosher mahsulotlarni tayyorlashga va ular uchun anjomlarni tanlashga alohida eʼtibor berilgani uchun, bunday taomlar doimo juda sifatli boʻladi. Bu yerda “inson omili” tufayli yengilliklar berilmaydi, ovqatni tayyorlaydigan, ishlab chiqaradigan ishchilarning eʼtiborsizligi yoki tez ishlashi tufayli ularning hech qanday xatolari kechirilmaydi.

Ikkinchi, bu ovqat halol ovqat yeydiganlar uchun qulay hisoblanadi. Kashrut koʻpincha halollik (islom qoidalari) bilan taqqoslanadi. Musulmonlar ham, yahudiylar kabi, choʻchqa goʻshtini yemaydi va mol soʻyishning alohida qoidalariga rioya qiladi. Har qanday kosher ovqat — halol boʻladi, lekin halol ovqat kosher boʻlavermaydi.

Uchinchidan, kosher mahsulotlarining koʻp qismi laktozani qabul qila olmaydigan kishilar uchun qulay boʻladi. Kashrut qoidalariga koʻra, bitta oshxonaning oʻzida ham sut, ham goʻshtdan foydalanib ovqat tayyorlash mumkin emas. Shuning uchun bunday ovqat tayyorlashda koʻpincha sut oʻrniga oʻsimlik mahsulotlari — suli suti, kokos suti va bodom suti ishlatiladi. Shu tarzda, goʻshtli kosher taomida bir gramm ham sut yoʻq ekaniga amin boʻlib uni bemalol iste’mol qilish mumkin.

Oldingi Keyingi