Olmali sharlotka tayyorlash
Bu juda oson tayyorlanadigan mazali pirog. Eng muhimi, xamir qilayotganda tuxumni yaxshilab koʻpirtiring. Sharlotka toʻgʻri tayyorlansa, har doim mazali, nozik boʻlib pishadi. Va eng asosiysi bu pirog ertasi kuni ham mazali boʻlib turaveradi.
Kerakli masalliqlar:
● 4 ta tuxum;
● 300 gr shakar;
● 210 gr un (200ml lik oddiy stakanga 130 gr un sigʻadi);
● 500 gr olma;
● bir chimdim tuz.
1-BOSQICH
Chuqur idishga tuxum chaqib, shakar soling va massa oqarib, koʻtarilgunicha koʻpirtiramiz. Mikserning eng baland tezligida kamida 5-7 daqiqa koʻpirtiramiz.
2-BOSQICH
Elangan unni oz-ozdan solib, koʻpirtirishda davom etamiz.
3-BOSQICH
Olmani artib, oʻrtacha toʻrtburchak shaklda toʻgʻraymiz.
4-BOSQICH
Suyuq xamirga olmani solib, extiyotkorlik bilan lopatka yoki qoshiq yordamida aralashtiramiz.
5-BOSQICH
22 sm lik qolipni yogʻlab, extiyotkorlik bilan xamirni uning ichiga solamiz va lopatka yordamida tekkislab chiqamiz.
6-BOSQICH
Pirogimizni 180° C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-50 daqiqaga qoʻyamiz. Birinchi 30 daqiqada gaz pechini ochish mumkin emas. Pirog tayyor boʻlgan boʻlmaganini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz. Uni pirogga tiqamiz, agar quruq chiqsa, demak pirog pishgan.
Yoqimli ishtaha!