Oson va arzon salat
Ushbu qovoqcha (kabachok) salati sogʻlom parhez qiladiganlar uchun ajoyib namunadir. Siz uni nafaqat har kuni, balki bayramona stol uchun ham pishirishingiz mumkin. Qolaversa, bu salat bilan sizning qomatingiz zarar koʻrmaydi.
Kerakli masalliqlar:
- 2 ta bodring;
- 2 ta qovoqcha;
- 1 dona bulgʻor qalampiri;
- 300 gramm tovuq filesi;
- 50 gramm qizil piyoz;
- 2 osh qoshiq zaytun moyi;
- tabga koʻra qora xushboʻy murch;
- ta’bga koʻra tuz;
- 3 osh qoshiq limon soki;
- 4-5 dona cherri pomidori.
Tayyorlanishi:
1-BOSQICH
Tovuq filesini kastrulga soling, fileni qoplab ozgina teparoqqa chiqadigan darajada suv quying va tuz qoʻshing. Tayyor boʻlgunga qadar oʻrtacha olovda pishiring. (Suv qaynagandan keyin olovni pasaytirib, taxminan 20-25 daqiqa qaynating). Tayyor fileni sovutib oling. Uni kichik kubiklarga toʻgʻrang.
2-BOSQICH
Qovoqchani 0,5 sm qalinlikdagi yarim halqalarga toʻgʻrab oling va tovaga ozgina yogʻni sol qovuring. Qovurgan paytda, qovoqchaning qirsillashi qolishi kerak.
3-BOSQICH
Bodring ham yarim halqalarga, bulgʻor qalampiri esa kubik shaklida toʻgʻrang. Piyoz mayda halqalarga, mayda cherri pomidorlar 2 ga boʻlinadi.
4-BOSQICH
Qovoqcha, toʻgʻralgan tovuq filesi va boshqa sabzavotlarni chuqur idishga soling.
1-BOSQICH
Tabga koʻra tuz, qalampir soling. Bir oz zaytun moyi va limon soki qoʻshing (agar bor boʻlsa). Hamma masalliqlarni yaxshilab aralashtiring.
Tayyor!
Bu salatni qanday chiqqanini biz bilan baham koʻring. Sizning fikringizni bilishdan xursand boʻlamiz.