Tez tayyorlanadigan retsept: sosiskali pitsa
Kerakli mahsulotlar:
- 400 gramm un;
- 2 choy qoshiq quruq xamirturush;
- 1 osh qoshiq shakar;
- bir chimdim tuz;
- 250 ml iliq suv;
- 1 osh qoshiq zaytun yogʻi.
NACHINKA UCHUN:
- 200 gramm sosiska;
- 250-300 gramm pomidor;
- 200 gramm pishloq (motsarella boʻlsa yaxshi);
- 3 osh qoshiq ketchup.
Avval xamirni tayyorlaymiz:
1-BOSQICH
Kichkina idishga iliq suv (taxminan 40° C darajada) soling. Zaytun yogʻi, tuz, shakar va xamirturush qoʻshing. Hamma narsani aralashtiring.
2-BOSQICH
Xamirturush aralashmasini un solingan idishga qoʻshing va xamir qoring. Tayyor xamirni yopishqoq plyonka (stretch) bilan yoping va 40 daqiqa davomida iliq joyga qoʻying.
3-BOSQICH
Nachinka tayyorlash.
Sosiskani yupqa dumaloq qilib, pomidorni ham tilimga toʻgʻrab oling. Pishloqni qirgʻichdan chiqaring.
4-BOSQICH
Hajmi kattalashgan xamirni 3 ga boʻling, ulardan zuvalalar hosil qiling va ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiring.
5-BOSQICH
Stol ustiga ozgina un seping va bir zuvala xamirni doira shaklida yoying. Uning qalinligi 8 mm dan oshmasligi kerak.
6-BOSQICH
Pech listini pergament qogoz bilan yoping, ozgina un seping va ustida xamir yoying.
7-BOSQICH
Xamir ustiga ketchup suring, ozgina pishloq seping va pomidorni yoyib chiqing. Keyin kolbasalarni joylashtiring. Va yana pishloq seping.
8-BOSQICH
Taxminan 25 daqiqa davomida 200° C haroratda pechda pishiring.
9-BOSQICH
Qolgan xamirlarni ham 5-6-bosqichlardagidek tayyorlang, xohishga qarab nachinkasini oʻzgartirishingiz mumkin.
Ushbu pitsani pishirishga muvaffaq boʻlganingiz haqida izoh qoldiring, biz bu haqda eshitishdan xursand boʻlamiz!