2022-06-16_15-18-44.jpg

Toʻgʻri ovqatlanish: savol – javob

1.Kuniga necha marta ovqatlanish kerak?

A. 2 marta

B. 1 marta

C. 8 marta

D. 5 marta

JAVOB: Agar siz sogʻlikka zarar yetkazmagan holda, oqilona ovqatlanishga rioya qilishni istasangiz, kuniga kamida 5 marta, oz miqdorlarda (200-250 gramm) ovqatlanishingiz kerak.

2. Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?

A. 500-600 ml

B. 1 litr

C. 2-3 litr

D. 7-8 litr

JAVOB: Tana vazniga qarab, kuniga oʻrtacha 2-3 litr.

3. Zararli shirinliklar oʻrniga ideal variant - bu ...

A. Toʻrt

B. Shakar

C. Turshak

D. Koʻka-kola

JAVOB: Zararli shirinliklar oʻrnini asal, turshak, mayiz, olxoʻri, xurmo, quritilgan banan, anjir, murabbo (oz miqdorda) kabi mahsulotlar bosishi mumkin.

4. Konsentratsiyalangan sharbat foydalimi? Ha/yoʻq

JAVOB: Yoʻq, bunday sharbat na qomatga, na sogʻlikka foyda keltiradi. Uning oʻrniga uyda yangi mahsulotlardan sharbat tayyorlash afzalroqdir.

5.Qaysi mahsulotlarda oqsil miqdori koʻp boʻladi?

A. Meva

B. Sabzavotlar

C. Goʻsht

D. Reza mevalar

JAVOB: Pishloq, tvorog, chorva goʻshti, parranda goʻshti, baliq, soya, noʻxat, yongʻoq kabi mahsulotlar oqsilga boy.

Oldingi Keyingi