Tovuq shoʻrvasi retsepti
Sizga mazali tovuq shoʻrvasining eng oson retseptlaridan birini taklif qilamiz, hatto hech qachon shoʻrva pishirmagan odam ham buni pishira oladi! Ushbu shoʻrva sovuq havoda va gripp mavsumida foydali boʻladi.
Kerakli masalliqlar:
- 4 ta tovuq boldiring;
- 250 gramm kartoshka;
- 150 gramm sabzi;
- 100 gramm piyoz;
- 100 gramm pomidor;
- 2 dona lavr yaprogʻi;
- petrushkaning bir necha novdasi;
- ta’bga koʻra tuz va qalampir;
- 3 litr suv.
Tayyorlanishi:
1-BOSQICH
Qozonga sovuq suv quying, tovuq oyoqlarini suvga soling va qaynatib oling. Qaynash boshlanganida koʻpikni suv sirtdan olib tashlang. Olovni pasaytiring va 25-30 daqiqa qaynatib oling. Ta’bga qarab tuz qoʻshing.
2-BOSQICH
Piyozni yarim halqalarga, kartoshka va sabzilarni kub shaklida toʻgʻrab oling. Barcha sabzavotlarni bulyonga (qozondagi suvga) qoʻshing va 10-15 daqiqa davomida pishiring.
3-BOSQICH
Keyin pomidorni tilim qilib toʻgʻrab oling va uni lavr yaprogʻi bilan birga shoʻrvaga qoʻshing. Yana 10 daqiqa qaynatib oling. Ta’bga koʻra tuz, qalampir qoʻshing.
4-BOSQICH
Bulyonni idishlarga suzing va ustiga koʻkat seping.
Shoʻrva tayyor!
Izohlarda qanday shoʻrva tayyorlaganingiz haqida bizga xabar bering!