vegan.jpg

Veganizm va uning vegetarianlikdan farqi qanday?

Veganizm vegetarianlikning eng qattiq turi boʻlib, unda hayvonlardan foydalanish yoki oʻldirish natijasida olingan barcha mahsulotlardan foydalanishdan bosh tortiladi.

Veganlar, vegetarianlar kabi goʻsht iste’mol qilmaydilar, ammo shu bilan birgalikda ular quyidagilarni rad etishadi:

  • asal, (bu mahsulot asalarilar tomonidan ishlab chiqariladi va inson uni oʻz ehtiyojlari uchun ulardan olib qoʻyadi deb hisoblaydilar);
  • tuxum, sut, hayvon oqsili;
  • “jonli” dengiz mahsulotlari: baliq, qisqichbaqalar, midiya;
  • charm, moʻyna, jun, ipak;
  • jelatin;
  • ishlab chiqarishda hayvonlarning tarkibiy qismlaridan foydalaniladigan mahsulotlar;
  • sirk, hayvonot bogʻi, korrida, okeanariumga borish;
  • hayvonlarda tekshirilgan kosmetikalardan foydalanish.

Unda ular nima iste’mol qilishadi?

  • dukkaklilar oilasi: loviya, soya, noʻxat, yasmiq;
  • qoʻziqorinlar;
  • donli oʻsimliklar: joʻxori, makkajoʻxori, grechka, tariq;
  • un mahsulotlari;
  • oʻsimlik moylari: kungaboqar, zaytun;
  • dengiz mahsulotlari: dengiz oʻtlari, dengiz karami;
  • sabzavotlar: kartoshka, lavlagi, baqlajon, piyoz;
  • pektin va agar-agar bilan belgilangan jelatinsiz qandolat mahsulotlari;
  • qalampir, zarchava, vanil, xantal kabi ziravorlar;
  • quruq nonushta;
  • mevalar va quritilgan mevalar.

Veganizm bu shunchaki parhez emas, u hayotning koʻp sohalarini oʻz ichiga oladi va ta’sir koʻrsatadi. Veganlar nafaqat oʻz oziq-ovqatlariga, balki atrof-muhitga ham e’tibor qaratishadi. Koʻpgina veganlar axlatni saralashda, tabiat manbalarini iste’mol qilishni kamaytirishda va jonivorlar huquqlarini himoyalashda faol ishtirok etishadi.

Har birimiz ovqatlanish va turmush tarzimizni oʻzimiz tanlash huquqiga egamiz.

Vegaterianlik haqida koʻproq ma’lumotni keyingi maqolada bilib olishingiz mumkin.

Oldingi Keyingi