салат.jpg

Tez nonushta: koʻk piyoz va bulgʻor qalampiridan fritata

Fritata — italyan omletining nomi. Agar siz tuxum qovurishning klassik usulidan charchagan boʻlsangiz, koʻk piyoz va bulgor qalampiridan oson tayyorlanadigan mazali va foydali fritatani tatib koring.

Kerakli masalliqlar:

● 5 dona tuxum;

● 3 dona koʻk piyoz;

● 1 dona bulgʻor qalampiri;

● 20 gramm pishloq;

● 7-8 barg rayxon;

● ta’bga qarab tuz;

● ta’bga qarab qora qalampir.

Tayyorlanishi:

1-BOSQICH

Koʻk piyozni mayda toʻgʻrang.

2-BOSQICH

Bulgʻor qalampirini kichik kubiklarga toʻgʻrang.

3-BOSQICH

Yogʻni tovada oʻrtacha olovda qizdiring.

4-BOSQICH

Piyozni solib 1-2 daqiqa qovuring.

5-BOSQICH

Piyozga bulgʻor qalampir qoʻshib birga qovuring.

6-BOSQICH

Alohida idishga tuxumni chaqib, unga mayda toʻgʻralgan rayxon, tuz, maydalangan murch qoʻshing. Pishloqni qirgʻichning yirik tomonidan oʻtkazing va tuxum bilan aralashtiring.

7-BOSQICH

Tuxumli massani tovadagi masalliqlarga qoʻshing

8-BOSQICH

Tovaning qopqogʻini yoping va past olovda 10-12 daqiqaga qoldiring.

Bizning retseptimiz boʻyicha taom tayyorlash qanday boʻlganligi haqida izoh qoldiring!

Oldingi Keyingi