Antibiotikka chidamlilik — yangi xavfmi?
Bugungi kunda insoniyat qarshisidagi eng katta muammolardan biri bu antibiotiklarga chidamlilik. Oʻtmishda ularni notoʻgʻri va tartibsiz qoʻllash tufayli hozirda infeksion kasalliklarni davolash qiyinlashib bormoqda.
Hayvonlar va insonlar kasalliklari antibiotiklarga chidamlilik muammosi bilan qanday bogʻliq boʻladi? Gap shundaki, fermerlar va oziq-ovqat sanoati hayvonlarning oʻsishini kuchaytirish uchun antibiotiklardan foydalanadi.
Hayvonlar uchun antibiotiklardan ortiqcha va keraksiz foydalanish sababli, ularda antibiotiklarga chidamlilik rivojlanishi xavfi ortib boradi. Insonda ogʻir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan baʼzi bakteriy turlarida koʻpchilik va hatto barcha mavjud boʻlgan dori vositalariga chidamlilik rivojlanib boʻlgan. Afsuski, istiqbolli deb aytsa boʻladigan bir nechtagina dori vositalari ishlab chiqish bosqichida turibdi.
Zamonaviy tadqiqotlar koʻrsatishicha, sogʻlom hayvonlar ichida antibiotiklardan foydalanishni qisqartirish bakterial chidamlilik darajasini pasaytiradi. JSST faqat poda, toʻda yoki populyatsiya ichida kasallik aniqlangandagina, hayvonlarda antibiotiklardan foydalanishni taklif qiladi. Sogʻlom hayvonlarda antibiotiklardan foydalanish, gigiyenani yaxshilash, vaksinalarni qoʻllash, hayvonlarni boqish va koʻpaytirish sharoitlarini oʻzgartirish chora-tadbirlarini qoʻllash afzalroq.
Biz isteʼmolchilar sifatida, antibiotiklardan toza boʻlgan mahsulotni talab qilishimiz mumkin. Masalan, 2006-yildan boshlab, Yevropa Ittifoqi davlatlarida hayvonlarning sogʻlom oʻsishini kuchaytirish uchun antibiotiklardan foydalanish taqiqlangan. Goʻsht mahsulotlarining xaridorlari antibiotiklardan muntazam foydalanishsiz yetishtirilgan hayvonlarning goʻshtiga boʻlgan talabni oʻzlari kuchaytirmoqda. Boshqa tomondan, ishlab chiqaruvchilarning oʻzlari ham, oʻz sanoatining sifati darajasini “antibiotiklardan ozod boʻlgan” goʻsht mahsulotigacha yetkazishga harakat qilishi kerak. Bozordan yoki supermarketdan mahsulot sotib olar ekansiz, doimo uning sifati va kelib chiqishi bilan qiziqishingiz mumkin.