Chidamli bakteriyalarning baʼzi misollari
Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti antibiotiklar taʼsiriga chidamli boʻlgan bakteriyalar roʻyxatini belgiladi. Bular inson salomatligi uchun eng koʻp xavfli boʻlgan 12 ta “ustuvor patogenlar” hisoblanadi. Bu bakteriyalarning roʻyxati insoniyatga antibiotiklarga chidamlilikning global muammosiga qarshi kurashish doirasida yangi antibiotiklarni va mikroblarga qarshi preparatlarni ishlab chiqish sohasida moʻljal olish va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish imkonini beradi. Ushbu bakteriyalar dori preparatlarining taʼsiriga qarshi kurashishning yangi usullarini izlash qobiliyatiga ega, va bu qobiliyatni genetik tarzda boshqa mikroorganizmlarga oʻtkazishi mumkin boʻladi.
BSST chidamli bakteriyalarni uchta guruhga ajratdi: ustuvorli, yuqori ustuvorli va oʻrtacha ustuvorli guruhlar.
Yuqori ustuvorli bakteriyalar koʻp sonli antimikrob preparatlarga chidamli boʻladi. Ularga Acinetobacter, Pseudomonas, hamda Enterobacteriaceae oilasining har xil turlari (shu jumladan Klebsiella, E. coli, Serratia va Proteus) kiradi. Ular oʻlimga olib keladigan qon tizimi yuqumli kasalliklarini va pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Ular shifoxonalar, jonlantirish va intensiv davolash boʻlimlarining bemorlari uchun alohida xavfli boʻladi.
Ustuvorli va oʻrtacha ustuvorli guruhlar dunyo aholisining juda keng tarqalgan kasalliklarini – gonoreya (soʻzak) va oziq-ovqat zaharlanishlarini (salmonella) keltirib chiqaradi.
Sil qoʻzgʻatuvchilari – chidamli bakteriyalarning alohida toifasidir, ularning chidamliligi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu qoʻzgʻatuvchilar koʻp ijtimoiy dasturlarning diqqati markazida turadi.
Bugungi kunda A va B guruhiga mansub streptokokklar (yiringli yalligʻlanishlar, respirator kasalliklar) va xlamidiyalar pastroq chidamlilik darajasiga ega boʻlib, insoniyat salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdirmaydi.
Nima uchun bu qoʻzgʻatuvchilarni, va ularning dori preparatlariga qarshi turish qobiliyatini bilish nima uchun kerak boʻladi? Insoniyat tegishli strategiyani qabul qilshi, hamda ilmiy tadqiqotlarni va yangi antibiotiklar turlarini ishlab chiqishni kuchaytirishi lozim. Bu kelajakda butun jahonda dorilarga chidamli boʻlgan yuqumli kasaliklardan oʻlim holatlarini kamaytirishga imkon beradi. Bundan keyin ham hech nima qilmaslik juda koʻp boshqa muammolarni tugʻdirishi mumkin, va ushbu bakteriyalar turlari keltirib chiqargan kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni davolash samaradorligiga salbiy taʼsir etadi.