Chorvachilikda antibiotiklardan foydalanish nima uchun xavfli?
Dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan mikrobga qarshi vositalarning taxminan toʻrtdan uch qismi chorvachilik ulushiga toʻgʻri keladi. Qishloq xoʻjaligida ulardan jonivorlarni infeksiyalanishini oldini olish va davolash uchun foydalaniladi va hattoki oʻsish stimulyatorlari sifatida ham ishlatiladi. Biroq, aholi salomatligi uchun katta xavf aynan antibiotiklardan shunday past dozalarda doimiy foydalanishdadir.
Antimikrob dorilarga chidamli bakteriyalar (antibiotiklar ta’siri samarasiz boʻlganlar) hayvonlardan odamga uchta yoʻl bilan oʻtishi mumkin:
- oziq-ovqat mahsulotlari orqali (chala qovurilgan qiyma, xom tuxum, sut; shuningdek sabzavot va mevalar ham infeksiya manbai boʻlishi mumkin);
- kasallangan hayvonlar bilan kontakt orqali – xavf zonasida, birinchi navbatda, chorvachilik korxonalari ishchilari turadi;
- suv, tuproq va boshqa atrof-muhit komponentlari orqali, hasharotlar va kemiruvchilar kabi tashuvchi hayvonlardan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti chorvachilikda mikroblarga qarshi vositalarni notoʻgʻri ishlatish antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning paydo boʻlishi va ularning tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri deb hisoblaydi. Shuningdek, jonivorlarning ozuqalarida oʻsish stimulyatori sifatida antibiotiklardan foydalanishni cheklash kerak degan xulosaga kelgan.
Jonivorlardan odamga chidamli mikroblarning oʻtishini oldini olishning yana bir muhim yoʻli — sanitariya qoidalariga rioya qilish. Buning uchun bir necha oddiy qoidalar mavjud:
- ovqatni yaxshilab pishiring. Mahsulotni pishirish harorati kamida 70° C boʻlishi kerak;
- pishirilgan ovqatni issigʻida iste’mol qiling, chunki sovigandan soʻng unda bakteriyalar koʻpayishi ehtimoli paydo boʻladi. Ovqatni qayta isitganda ham harorat 70° C dan past boʻlmasligiga ishonch hosil qiling.
- oziq-ovqatlarni 10° C dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlang;
- xom va pishirilgan ovqatni bir joyda (yonma-yon) saqlanishiga yoʻl qoʻymang, masalan, xom goʻshtni kesgan pichogʻingizda darhol pishloq kesmasligingiz kerak;
- Ovqat tayyorlashdan oldin qoʻlingizni yuving. Meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib ishlating;
- Oshxonangizni va barcha idishlaringizni tozalikda saqlang. U yerda hasharotlar, ayniqsa sichqon va kalamushlar paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymang.