Alkogolning inson organizmiga ta’siri
Alkogol iste’mol qilish miyaga zararli taʼsir koʻrsatadi va unga bogʻlanib qolishni keltirib chiqaradi. Uni isteʼmol qilish sirroz, yurak infarkti, gastrit, saraton, semirish, qand diabeti kabi 200 tadan ortiq kasalliklarga olib keladi. Undan tashqari alkogol iste’mol qilish yoʻl-transport hodisalaridagi jarohatlarga sababi boʻlishi mumkin. Uni muntazam ravishda iste’mol qilgan insonlarning ruhiy holatida muammolar paydo boʻladi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koʻrsatmalariga binoan:
- butun jahonda har yili alkogolni isteʼmol qilish oqibatida 3 million oʻlim holati yuz beradi, bu esa barcha oʻlim holatlarining 5,3% qismini tashkil etadi;
- kasalliklar va jarohatlarning jahondagi umumiy sonidan 5,1% qismiga alkogol sababchi boʻladi;
- alkogolni isteʼmol qilish nogironlikka va muddatidan oldingi oʻlimga olib keladi.
- alkogol immun tizimiga taʼsir etib, organizmni viruslarga koʻproq moyil qiladi. Vaqt oʻtib immunitet umuman kuchsizlashadi va bu holat oʻpka yalligʻlanishi hatto sil kasalligiga olib keladi.
Alkogol iste’mol qilar ekan inson nafaqat oʻziga zarar yetkazadi, balki, atrofidagilariga oilasiga va yaqinlariga ham ozor beradi.
Har bir insonning maqsadi alkogol isteʼmol qilishning zararli taʼsirini kamaytirish, demak, insonlarning hayotini saqlash, jarohatlar va kasalliklarning oldini olish hamda kishilarning, umuman jamiyatning farovonligini yuksaltirish boʻlishi kerak.
Umuman olganda, alkogolsiz hayot butun jamiyat uchun katta yutuq hisoblanadi.