vesi3.jpg

Belning songa nisbati haqida nimalarni bilasiz?

Belning songa nisbati (BSN) bel atrofini son aylanasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Beli 86 sm va son qismi 102 sm boʻlgan odamning bel va son nisbati 86/101 yoki 0,85 boʻladi. Ushbu koeffetsient salomatlik sharoitini aniqlash uchun ishlatiladi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, yogʻning bel qismiga yigʻilishi kuzatiladigan odamlar, yogʻning son qismiga yoki nok shaklidagi tanaga ega odamlarga qaraganda koʻproq kasallikka uchrash xavfiga egalar. Qandli diabet, ovqat hazm qilish va buyrak kasalliklari milliy instituti ma’lumotlariga koʻra, BSN 0,8 dan yuqori boʻlgan ayollar va BSN 1,0 dan yuqori boʻlgan erkaklar salomatligiga putur yetish ehtimoli yuqori.

BSN semirishni oʻlchash uchun ham ishlatiladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) BSN 0,90 dan yuqori boʻlgan erkaklar va 0,85 dan yuqori boʻlgan ayollarni semirib ketgan deb belgilaydi. Semirib ketish bir qator jiddiy kasalliklarning sababchisi boʻlishi mumkin, masalan, qon bosim oshishi, yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saratonning ayrim turlari va boshqalar.

Qorin yogʻi (bu olma shaklidagi tanaga ega odamlarga toʻgʻri keladi) tananing boshqa qismlariga qaraganda koʻproq sogʻliq uchun xavf tugʻdirishi aniqlandi. Yuqori BSN koʻproq qorin yogʻini koʻrsatadi va bu nisbat qanchalik yuqori boʻlsa, sogʻliq uchun asoratlar xavfi shunchalik yuqori boʻladi.

BSN, shuningdek, nasl berish qobiliyati bilan bogʻliq boʻlib, erkaklar va ayollar uchun turli qiymatlar maqbuldir. BSN 0,80 dan yuqori boʻlgan ayollarda homiladorlik darajasi 0,70 dan 0,79 gacha boʻlgan ayollarga qaraganda ancha past ekanligi aniqlandi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, BSN taxminan 0,9 boʻlgan erkaklarda fertil unumdorligi yuqori, shuningdek, ularda prostata saratoni xavfi nisbatan kam.

Har bir inson, turli xil kasalliklarni oldini olish uchun va BSN ni normal holatda ushlab turish uchun, vaqti-vaqti bilan oʻz koʻrsatkichlarini oʻlchab, ularni shifokor bilan muhokama qilib turish kerak.

Oldingi