2022-06-16_13-59-46.jpg

Elektron sigaretlar oddiy sigaretalarning turi emas

Bugungi kunda elektron sigaretlarni chekish koʻpayib bormoqda. Chekadiganlar ichida koʻpincha elektron sigaret chekishni tashlashga yordam berishi va sogʻliq uchun kamroq zararli ekani haqida eshitish mumkin. Lekin buning hech qanday ilmiy dalil-isbotlari yoʻq.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga koʻra, elektron sigaretni oddiy sigaretning oʻrnini bosuvchi bezarar moslama, yoki chekishdan voz kechish uchun vosita deb hisoblash mumkin emas.

Elektron sigaret tarkibida glitserin, propilenglikol, hid qoʻshimchalari va nikotin bor. Bu moddalar organizmga xuddi oddiy sigaretlarday zararli taʼsir koʻrsatadi. Agar mantiqiy fikr yuritsak, nikotin inson organizmiga qaysi usul bilan tushishining farqi yoʻq – u baribir inson salomatligiga oʻta zararli taʼsir qiladi.

Ishlab chiqaruvchilar xaridorlarni jalb qilish uchun turli hid qoʻshimchalariga ega elektron sigaretlarni ishlab chiqarishga intiladilar. Bunday sigaretlar kiyimda va qoʻlda hid qoldirmagani uchun ham juda ommaviylashgan. Bularning hammasi tamaki mahsulotlariga boʻlgan talabni va uni isteʼmol qilinishini kuchaytiradi. Lekin, elektron sigaret ishlab chiqaruvchilar sigaretdagi nikotin miqdorini ruxsat etilgan qiymatdan oshirib yuborishi mumkinligini unutmang. Suyuq tamaki aralashmasini qizdirish jarayoni boʻyicha ham javobsiz qolayotgan savollar bor. Tamaki aralashmasi qizdirilganda, bugʻ bilan birga organizmga juda koʻp zaharli moddalar, shu jumladan kanserogen moddalar boʻlmish dietilenglikol va nitrozamin kelib tushadi. Bu moddalar xavfli oʻsmalarga (saratonga) olib keladi deb hisoblanadi.

Elektron sigaretlarni chekishga qarshi kurash dasturiga kiritilishi mumkin emas. Ilgari olimlar ulardan chekishni tashlash maqsadida foydalanilishi mumkinligi haqida bahslashishgan boʻlsa, hozirda bu masala hal qilindi. Bu mutlaqo mumkin emas.

Oldingi Keyingi