2022-06-16_15-18-44.jpg

Notoʻgʻri ovqatlanish oqibatlari

Ratsional(toʻgʻri) ovqatlanish – bu toʻliq balanslangan va optimal ovqat qabul qilish rejimiga xos boʻlgan ovqatlanish prinsiplariga rioya qilishdir.

Ovqatlanish hayotning asosiy biologik ehtiyojidir. Ovqat, oʻz navbatida, organizmning rivojlanishi va metabolizmni tartibga solish uchun zarur boʻlgan energiyani beradi, organizmning oʻsishi va toʻgʻri shakllanishini, sogʻliqni saqlashini ta’minlaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari foydali, xilma-xil, toʻyimli va miqdoriy jihatdan optimal boʻlishi lozim.

Nonushta qilmaslik, tez-tez tamaddi qilish, shirinliklarni koʻp iste’mol qilish, tuzli ovqatlar yeyish – bularning barchasi ovqatlanishdagi eng zararli odatlardir. Doimiy ravishda sogʻlom ovqatlanish qoidalarining buzilishi oʻsmirlar orasida ortiqcha vazn va surunkali kasalliklarning koʻpayishiga olib keladi. Hozirda oʻsmirlar orasida semizlik va u bilan bogʻliq boʻlgan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari kabi hastaliklar sonini ortishi jiddiy havotirni chaqirmoqda.

Notoʻgʻri ovqatlanish oʻsib borayotgan organizmni zarur oziq moddalar bilan toʻyina olmasligiga olib keladi. Misol uchun, temir moddasi kam boʻlgan ratsion temir tanqisligi anemiyasining tez-tez uchrashiga olib keladi.

Kerakli ozuqa moddalarining yetishmasligi sogʻliq bilan bogʻliq quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:

  • doimiy bosh aylanishi;
  • charchoqning kuchayishi;
  • immunitet tizimining zaiflashishi;
  • tishlarning buzilishi;
  • boʻgʻinlardagi muammolar;
  • suyaklarning moʻrtlashishi, ularning sinishi xavfi ortishi;
  • boʻy oʻsmaslik;
  • qizlarda – hayzning buzilishi.
Oldingi Keyingi