Yoga tanangiz va ruhingizga qanday ta’sir qiladi?
Yoga erkak va ayollar, barcha yoshdagi va har qanday tayyorgarlikka ega boʻlgan insonlar uchun bir xil darajada foydalidir. Yoga bilan muntazam ravishda shugʻullanish natijasida tana taranglashadi, salomatlik mustahkamlanadi va kayfiyat yaxshilanadi. Yoga insonning ham jismoniy, ham ruhiy holatiga ijobiy ta’sir koʻrsatadi.
Yoga tanaga qanday ta’sir koʻrsatadi?
- Mushaklarning elastikligini oshiradi.
- Suyak-skelet tizimini mustahkamlaydi.
- Gavda tutishni, qad-qomatni yaxshilaydi va bel mushaklarini mustahkamlaydi.
- Harakatlarning oʻzaro mutanosibligini yaxshilaydi.
- Semirish xavfini kamaytiradi.
- Oʻpka hajmini oshiradi.
- Yuqori qon bosimi va yuqori xolesterin xavfini kamaytiradi.
- Ogʻriqlarni yoʻqotishga yordam beradi.
- Charchoqni ketkazadi.
- Stressga chidamliligini oshiradi.
- Immunitetni oshiradi.
- Endokrin tizimning ishini va gormonal fonni normallashtiradi.
- Qarishni sekinlashtiradi.
- Uyquni yaxshilaydi.
Yoganing ruh va qalb uchun foydasi, ya’ni psixologik ta’siri bundan kam emas. Yoga mashgʻulotlari tufayli inson:
- Oʻziga boʻlgan ishonchi ortib boradi.
- Yomon odatlarga qarshi kurashda irodasi mustahkamlanadi.
- Stressni yengil yengadi va depressiya bilan osonroq kurashadi.
- Tetik va sergʻayrat boʻladi.
- Hayotga koʻproq optimistik yoʻnalishda qaraydi.
- Muloqotga oson kirishadigan, ochiqroq va nizolarga befarqroq boʻladi.
- Yengillik va erkinlik tuygʻularini his qiladi.
- Uyqu bilan bogʻliq muammolardan xalos boʻladi.