Бегуния.png

Yugurish bilan shugʻullanish uchun nimalar kerak boʻladi?

Bir qarashda, bor-yoʻgʻi krossovkalar, futbolka va shortik yetadi. Lekin doimiy tarzda yugurish bilan shugʻullanishga qaror qilganlar uchun foydali boʻlgan bir nechta narsalar ham bor.

Ishni yugurishga mos keluvchi yaxshi krossovkalardan boshlang. Bu sizning yugurish uchun toʻplamingizdagi eng muhim buyum. Asosiysi ular yuqori sifatli va yugurish uchun qulay boʻlishi kerak, ya’ni, ular yengil va qulay boʻlishi kerak. Ularning kundalik krossovkalardan ajralib turuvchi xususiyati — yumshoq tagcharm va yaxshi amortizatsiyaga (havo aylanishi) ega ekani.

Har qanday masofani doim boshqalar bilan birgalikda yengib oʻtish osonroq. Yugurish mashgʻulotini odatga aylantirishning eng yaxshi usuli — doʻstlar bilan birga yugurish. Agar doʻstlaringiz yugurishni istamasa ham, siz oʻz shahringizda yuguruvchilar jamoalarini topib, ularga qoʻshilishingiz mumkin.

Tanangizga quloq soling. Darhol katta masofalarga yugurishingiz va kuchingizni maksimal darajada ishlatib tugatib, azob chekishingiz shart emas. Oldingizga biron-bir maqsad qoʻying, masalan, 2 kilometrga yugurish boʻlsin. Maqsadingizni anglab yetish mashgʻulot muntazamligini saqlashga yordam beradi. Keyinchalik chiniqib olgach, chidamlilik darajasi ortadi, masofa ham oʻz-oʻzidan koʻpayadi.

Yugurish qiziqarli va yoqimli boʻlsin. Yugurish uchun pleylist tuzib olishingiz, podkastlar tinglashingiz yoki avtomat yugurish yoʻlkasida serial tomosha qilishingiz mumkin. Hatto jimlikda qolib oʻz hayollaringiz bilan boʻlish ham yomon emas.

Shuni yodda tutingki, agar doimo daqiqalarni va marragacha boʻlgan masofani hisoblashda davom etaversangiz, yugurishdan zavqlana olmaysiz.

Ba’zida bu juda qiyin boʻladi, asosiysi — taslim boʻlmaslikdir.

Oldingi Keyingi