Бегуния.png

Yugurishning qanday foydalari bor?

Yugurish – inson uchun eng tabiiy va hamyonbop sportdir. Yugurish uchun maxsus jixoz yoki maxsus joy kerak emas. Uning sogʻliq uchun foydasi behisobdir.

Muntazam ravishda yugurish bizga qanday foyda keltirishi mumkinligini koʻrib chiqamiz.

  1. Depressiya va uyqusizlikdan xalos qiladi.
  2. Ozishga va sogʻlom vaznni saqlashga yordam beradi.
  3. Boʻgʻimlar (tizza va boshqalar) va suyaklarni mustahkamlaydi.
  4. Chidamlilikni oshiradi.
  5. Keksa yoshda ham oʻtkir fikrlashni saqlab qolishga yordam beradi.
  6. Saraton xavfini kamaytiradi.
  7. Tetiklik tuygʻusini beradi.
  8. Yoshlikni va umrni uzaytiradi.

Boshlanishida, qisqa masofalarga yuguring va masofani asta-sekin oshirib boring. Vaqt oʻtishi bilan siz yugurish yengilroq va osonroq kechayotganini, tanangiz kuchliroq, chidamliroq va eng muhimi, sogʻlomroq boʻlayotganini sezasiz.

Shuning uchun yugurishga chiqishni ertangi yoki dushanba kuniga qoldirmang, hoziroq sport poyabzalini oling va mashq qilishni boshlang.

Yugurishning koʻproq afzalliklari haqida keyingi maqolada oʻqishingiz mumkin.

Oldingi Keyingi