Agar transportda koʻnglingiz aynisa nima qilish kerak?
Mashinada koʻngil aynishi ikki yoshdan oshgan bolalarda, homilador ayollarda va migrendan aziyat chekadigan bolalarda tez-tez uchraydi. Ammo umuman olganda, har qanday shaxs bu holatni his qilishi mumkin — bu silkinishning ta’siriga bogʻliq.
Koʻngil aynashini davolash deyarli mumkin emas, shu bois e’tiborni uni oldini olishga yoki yengillashtirishga qaratish kerak:
- agar siz avtobus / trolleybus / poyezdda boʻlsangiz, harakat boʻylab joylashgan oʻrindiqqa oʻtiring;
- agar mashina boʻlsa oldingi oʻrindiqlarda, samolyot boʻlsa qanot qismida oʻtirgan ma’qul;
- oʻzingiz bilan keskin hidli narsalar va mahsulotlarni olmang (yoki ulardan uzoqlashishga harakat qiling);
- oʻqimang, filmlarni tomosha qilmang, planshetni oʻynamang;
- atrofdagilar bilan koʻnglingiz aynishini muhokama qilmang;
- yoʻlga chiqishdan oldin yogʻli ovqat yemang;
- och qorin bilan sayohat qilish yaxshi emas;
- agar koʻnglingiz aynab qolsa, nigohni ufqqa qaratish, suv ichish, derazani ochish va yalpizli yoki zanjabilli tetiklantiruvchi konfet shimish kerak.
Agar bularning hech biri yordam bermasa, antigistaminlar guruhidan dori-darmonlarni qabul qilish mumkin. Lekin ularning samaradorligi uncha yuqori emasligini bilishingiz kerak.