Знак1.png

Dunyodagi yoʻl qoidalari haqida qiziqarli ma’lumotlar (1-qism)

Yoʻl harakati qoidalari turli mamlakatda oʻzining xususiyatlari bilan farq qiladi. Buning sababi mentalitet, madaniyat va qadriyatlar hamda an’analarning xilma xilligidir.

YEVROPA

Lyuksemburgda derazalar bor yoki yoʻqligidan qat’i nazar, har bir mashina old oyna tozalagich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Shvetsariyada yakshanba kunlari mashina yuvish va Zermatt shahrida yonilgʻi dvigatelli mashinani haydash taqiqlangan. Siz Zermattda bo’lsangiz shu kuni faqat velosipedlar, otlar, elektr transport vositalarida yurishingiz yoki piyoda harakatlanishingiz mumkin. Qoidani buzganlar xaydovchi guvohnomasidan mahrum boʻlishi yoki juda katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Daniya yoʻllarida nomaqbul imo-ishoralar bilan his-tuygʻularni ifodalash xavflidir. Bu bir necha yuzdan bir necha ming yevrogacha boʻlgan jarimalar bilan jazolanadi. Shu sababli xushmuomalaroq boʻlishingiz kerak, aks holda hamyoningiz zarar koʻradi. Bunday faktlar koʻpincha sayyohlar bilan sodir boʻladi. Shuningdek, Daniyada dvigatelni ishga tushirishdan oldin mashinani tekshirish kerak. Mashinaning ostida kimdir yoki biror narsa bor yoʻqligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Finlyandiya jarimalar miqdorini shakllantirish tizimi bilan ajralib turadi. Yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzganlik uchun toʻlov qat’iy miqdor emas, balki qoidabuzarning oxirgi daromadiga nisbatan foiz sifatida hisoblanadi.

Kipr orolida mashina haydash vaqtida nafaqat ovqatlanish, balki ichimlik ichish ham mumkin emas, chunki bu yoʻl-transport hodisasini yuzaga keltiradi deb hisoblanadi. Shuningdek, Kiprda kasalxonalar yaqinida ovozli signaldan foydalanish mumkin emas.

Ispaniyada koʻrish qobiliyatini toʻgʻirlash uchun koʻzoynak taqib yuradigan avtomobil egalari mashinada doim ikkinchi koʻzoynak olib yurishlari kerak.

Ushbu maqolaning davomini keyingi qismda oʻqing.

Oldingi Keyingi