Служащий дорожнего движения.png

Dunyodagi yoʻl qoidalari haqida qiziqarli ma’lumotlar (2-qism)

Oldingi maqolada biz sizni Yevropaning ayrim mamlakatlari va Kipr orolidagi yoʻl harakati qoidalarining oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtirgan edik. Bugun siz yoʻl harakati qoidalariga oid yana bir qancha qiziqarli faktlarni bilib olasiz.

SHIMOLIY AMERIKA

Meksika transporti haqida qiziqarli ma’lumot: u yerda eshak shaxsiy transport turi hisoblanadi va qonuniy ravishda harakatlanish uchun egasi guvohnoma olishi kerak. Shuningdek, guvohnomada egasining ham, eshakning ham fotosuratlari boʻlishi kerak.

ARAB AMIRLIKLARI

Birlashgan Arab Amirliklarida yoʻl harakati qoidalari nafaqat odatdagi qoidalar, balki “qora belgilar” bilan ham tartibga solinadi. Yil davomida olish mumkin boʻlgan belgilarning maksimal soni – 24ta. Agar ular bu sondan oshsa, haydovchi guvohnomasidan mahrum qilinadi va jinoiy javobgarlikka tortilishi ham mumkin. Shuningdek, haydovchi bir vaqtning oʻzida 24 ta belgini oladigan qoidabuzarlik turlari ham mavjud. Mast holatda haydash, xavfli transport vositasini boshqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan transport vositasini boshqarish, tezlikni soatiga 60 km dan oshirish, odamlarning oʻlimiga olib kelgan YTH kabi holatlar bunga misol boʻla oladi.

AQSH

Kolorado shtatining Denver shahrida yoʻl harakati qoidalarida gʻalati band bor: yakshanba kunlari shahar koʻchalarida qora rangdagi mashinalarda harakatlanish taqiqlanadi.

Delaver shtatida mashinada kiyim almashtirish qat’iyan man etiladi, bu holat jarima bilan jazolanadi. Yongʻin joyiga shoshilayotgan odam bundan istisno.

Yoʻl harakati qoidalarining bundan ham qiziqarli va gʻalati qoidalari bilan Tennessi shtati qolishmaydi. U yerda harakatlanayotgan mashinadan kitlarga oʻq uzish man qilingan. Aytish kerakki, davlat hududida dengiz yoki okean yoʻq, u butunlay quruqlikda joylashgan. Shunga koʻra, bu shtatda kitlar ham yoʻq va hech qachon boʻlmagan.

Pensilvaniya shtatida yoʻl harakati qoidalari avtomobil egalaridan mashinalarida katta yopinchiq olib yurishlarini talab qilanadi. Bu yopinchiq otlarga bogʻlangan arava bilan uchrashganda hayvonlar qoʻrqmasliklari uchun mashina ustini yopib qoʻyishga kerak.

AVSTRALIYA

Avstraliyada politsiya xodimlariga fuqarolik avtomashinalarida yoʻlni patrul qilish va istalgan yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari tezligini oʻlchashga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, politsiyadan yashirinishga urinish befoyda — ular tezyurar mashinalarga egalar.

OSIYO MAMLAKATLARI

Yaponiyada, dunyoning boshqa koʻplab mamlakatlarida boʻlgani kabi, yangi haydovchilarni maxsus ogohlantirish belgisini oʻrnatishga majbur qiladigan qoida mavjud. Belgida yosh nihol tasvirlangan. Shuningdek, Yaponiya yoʻl harakati qoidalarida oʻziga xos xususiyati: 75 yoshdan oshgan odamlar uchun ham belgidan foydalanish talab qilinadi. Qolaversa, Yaponiyada butun dunyo boʻylab piyodalarga hush kelgan qoida bor: yomon ob-havo paytida koʻchalarda odamlarga suv yoki loy sachratib oʻtganlari uchun avtomashina haydovchilariga jarima belgilangan.

Xitoyda haydovchilarga kesib oʻtish joylaridan oldin toʻxtash va hatto tezlikni pasaytirish taqiqlanadi. Shu sababli sayyoh yoki bunday sharoitlarga koʻnikmagan odam uchun yoʻlni kesib oʻtish butun boshli stressli vaziyatdir. Shuningdek, Xitoyda qoidalarni buzganlar uchun jarima ballari tizimi mavjud. Agar biror shaxs bir yilda 12 yoki undan koʻp ball toʻplagan boʻlsa, u oʻz guvohnomasidan mahrum boʻladi va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni boshqa mamlakatlar orasida oʻzining patriarxiyasi bilan mashhur. Bu davlatda 2018-yilgacha ayollarga har qanday transport, hatto velosiped haydash ham qat’iyan man etilganini koʻpchilik bilmaydi. Istisno faqat turar-joy binolari ichida joylashgan koʻchalar edi.

Tailandda avtomobilni koʻylak, futbolka yoki maykasiz boshqarish jarima bilan jazolanishi qonun bilan belgilangan.

Janubiy Koreya poraxoʻrlikni tan olmaydi, u yerda politsiya xodimlari pora olgan har qanday shaxs haqida oʻz rahbarini xabardor qilishlari shart. Yana bu mamlakatda faqat belgilangan joylardagina chapga burilish mumkin. Boshqa hollarda, chapga burilish yoʻl harakati qoidalarini buzish hisoblanadi.

Oldingi Keyingi