Мотоциклисты.png

Giroskuterlar va segveylar

Giroskuter – elektr motorli ikkita g‘ildirak ustidagi platforma. Unda rul yo‘q, shuning uchun u tana holatidagi o‘zgarishlar bilan boshqariladi. Segvey uchun esa platformaga rul ham biriktirilgan, biroq ishlash usuli giroskuterga o‘xshash: agar siz oldinga egilsangiz, harakat boshlanadi, orqaga qaytsangiz to‘xtaydi. Rul faqat o‘ngga yoki chapga burilishga yordam beradi.

Ushbu boshqarish usuli o‘z-o'zini muvozanatlash mexanizmi tufayli amalga oshiriladi: qurilmaga o‘rnatilgan giroskopik va suyuqlik sensorlaridan dvigatellarni boshqaradigan mikroprotsessorga signallar yuboriladi.

Segveyni amerikalik ekologik toza va yuqori texnologiyali avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha Segway kompaniyasi asoschisi Din Kamen ixtiro qilgan. Uning nomi musiqiy atamadan ("segue" –"davom etish" deb tarjima qilingan) kelib chiqqan. Birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan segvey modeli bozorga 2002-yil noyabr oyida kirib keldi.

Segveyda, shuningdek, kattalar uchun mo‘ljallangan giroskuter kabi soatiga 20 kilometrgacha tezlasha olasiz. Bolalarga 5-6 yoshdan boshlab segveyga chiqish tavsiya etiladi, ular uchun soatiga 15 kilometrgacha tezlashadigan 4,5-6,5 dyuymli g‘ildiraklar o‘rnatilgan modellar mos keladi.

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, segveylarda samokatlardek faqat trotuar bo‘ylab harakatlana olasiz.

Oldingi Keyingi