Jamoat transportida oʻzini qanday tutish kerak?
Jamoat transportidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligini unutmang.
- Jamoat transportini faqat toʻxtash nuqtasida kutish xavfsizdir. Agar bu nuqta mavjud boʻlmasa, u holda piyodalar yoʻlakchasida yoki qatnov qismidan uzoq boʻlgan yoʻl chekkasida kutish xavfsizdir.
- Jamoat transportiga chiqish faqat transport vositasi toʻliq toʻxtaganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
- Jamoat transportining salonida boʻlganingizda, tutqichlardan mahkam ushlab turishingiz kerak.
- Keksa va kasal odamlarga joy berish nafaqat odob darajasini belgilaydi, balki bu xavfsizlik qoidasi ham, axir ular uchun transport toʻsatdan tormozlanganda muvozanatni ushlab turish qiyinroq.
- Haydovchini haydashdan chalgʻitish, shuningdek, harakatlanayotgan transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.
- Shoshmaslik uchun chiqishga oldindan tayyorgarlik koʻrish lozim. Avtobusdan tushganda ham shoshilish kerak emas. Ayniqsa, yoʻlning narigi tomoniga oʻtish kerak boʻlsa. Buni aniq tushunib olish kerak: siz faqat piyodalar oʻtish joyida qatnov qismini kesib oʻtishingiz mumkin.
Transport vositasiga chiqish diqqat va ehtiyotkorlikni talab qiladi!
- Jamoat transporti toʻliq toʻxtaganidan keyingina transportga chiqish uchun eshik oldiga kelish mumkin. Soʻnggi daqiqada transportga chiqib olishga urinmang, aks holda eshiklar sizni qisib qoʻyishi mumkin. Avtobus yoki trolleybusni oʻtkazib yuborsangiz ham xavfsiz holda boʻlasiz.
- Avtobus saloniga hech kimni turtmasdan, xotirjam kirib borish kerak.
- Eshik yonida turmagan ma’qul. U yerda siz doimo tashqariga chiqadiganlar tomonidan turtilasiz va ochiladigan eshik tanangizning qaysidir qismini qisib qoʻyishi mumkin.
- Harakat paytida oʻtirish kerak, agar oʻrindiqlar boʻlmasa, albatta tutqichlardan ushlab turish lozim. Aks holda, yiqilib, qattiq zarba olishingiz mumkin.
- Belgilangan yoʻnalishli taksida (marshrutkada) turib ketish taqiqlanadi.
- Haydovchini haydash paytida chalgʻitish, boshqa yoʻlovchilarga xalaqit berish mumkin emas.
- Hech qanday holatda avtobusdan sakrab tushib qolmaslik, zinapoyada turish, eshiklarning yopilishiga xalaqit berish, derazadan bosh chiqarish mumkin emas.
- Agar kimdir oʻrindiq ostiga sumka yoki quti qoldirib, avtobus bekatida tushib qolganini sezsangiz, bu haqda kattalarga yoki haydovchiga darhol xabar bering.
- Yoʻlovchilarning avtobusdan tushishiga xalaqit bermang.
- Muzqaymoq va piroglar bilan transportga chiqmang.
- Baland ovozda gaplashmang va baland ovozda musiqa eshitmang.
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilibgina xavfsizlikda boʻlish mumkin!