Koʻchalar va yoʻllarni qanday kesib oʻtish lozim?
- Qatnov qismini faqat yer osti oʻtish joylari, piyodalar koʻprigi va “zebra” yoʻl belgisi yoki “piyodalar oʻtish joyi” belgisi bilan koʻrsatilgan joylardan kesib oʻting.
- Svetofor yoki tartibga soluvchi inspektor boʻlgan joylarda faqatgina ularning ishorasiga qarab koʻchani kesib oʻting.
- Harakat tartibga solinmagan joylarda harakatlanuvchi transport vositalariga xalaqit bermasdan qatnov qismini kesib oʻting.
- Ikki tomonlama harakatlanuvchi koʻchani kesib oʻtishdan oldin toʻxtab, chapga qarang va yaqin atrofda mashinalar boʻlmasa, oʻtishni boshlang. oʻrtaga yetganingizda, oʻngga qarang. Agar yaqin atrofda mashinalar boʻlsa, "xavfsizlik oraligʻida"da yoki koʻchaning oʻrtasida kutib turing, ularni oʻtkazib yuborib keyin yoʻlda davom eting.
Eslab qoling! Agar avtomobil koʻk mayoqlar yoqilgan va maxsus ovozli signal bilan harakatlansa va agar yoʻl yuqori tezlikda harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻl boʻlsa, qatnov qismini kesib oʻtmang.