Автобус.png

Men jamoat transporti yoʻlovchisiman

Yoʻl harakati qoidalarida yoʻlovchi transport vositasida boʻlgan shaxs, shuningdek, transport vositasiga kiruvchi yoki undan chiqadigan shaxsdir. Demak, piyoda avtobus yoki boshqa transport vositasiga kirganida emas, balki buni qilishga qaror qilgan va jamoat transporti eshigi tomon harakatlana boshlagan paytda yoʻlovchiga aylanadi.

Koʻpchilik “yoʻl harakati qoidalari haydovchilar va piyodalarga tegishli, men esa yoʻlovchiman, meni olib borib qoʻyishadi, demak, haydovchi men uchun javobgar” deb oʻylaydi. Aslida esa, yoʻl harakati xavfsizligi yoʻlovchilarga ham bogʻliq boʻlib, yoʻl harakati qoidalarida yoʻlovchilarning vazifalarini belgilovchi boʻlim mavjud.

Katta shaharlar va avtomagistrallarda harakatlanish jamoat transporti haydovchilariga yetarli qiyinchilik va mas’uliyat yuklaydi. Yoʻlovchilar esa haydovchilarga qoʻshimcha qiyinchilik tugʻdirmasligi, ularni chalgʻitib yoʻl qoidasi buzilishiga sabab boʻlmasliklari kerak. Bundan tashqari, jamoat transportida harakatlanish xavfi, odatda, toʻsatdan tormozlanish bilan bogʻliq boʻlib, yoʻlovchilar bunday hollarga doim tayyor turishlari kerak.

Oldingi Keyingi