Мотоциклисты.png

Monog‘ildirak

Zamonaviy velosipedning o‘tmishdoshi ko‘rinishi benzinli dvigatelda ishlovchi ulkan bir g‘ildirakli monog‘ildirak bo‘lib, uni boshqarayotgan odam g‘ildirakning ichida o‘tirgan. Ammo, u noqulay va beqaror bo‘lgani uchun ommalashmagan.

Amerikalik dizayner va ixtirochi Sheyn Chen o‘rnatilgan akkumulyatordan quvvat oladigan va muvozanatni boshqaradigan zamonaviy monog‘ildiraklarning yaratuvchisi sanaladi.

Bugungi kunda kattalar ham, bolalar ham monog‘ildiraklarda harakatlanishadi. Ularni shahar bo‘ylab boshqarishdan oldin, muvozanatni saqlashni o‘rganishingiz kerak.Buning uchun velosipedni yoki konki/roliklarda minishni bilish yaxshiroqdir. Bolalarga monog‘ildiraklarda turish 9 yoshdan keyin tavsiya etiladi.

Ularning o‘rtacha tezligi soatiga 50 kilometrgacha, bolalar uchun - soatiga 18-20 kilometrgacha. Parklarda monog‘ildiraklar ijarasi hali yo‘q.

Yo‘l harakati qoidalaridaga binoan monog‘ildirakda yuruvchilar uchun piyodalar bilan bir xil qoidalar qo‘llaniladi. Ularga faqat piyodalar yo‘laklarida yurishga ruxsat berilgan.

Oldingi Keyingi