Naushniklar bilan yurganingizda atrofga tez-tez qarang
Naushniklar (quloqchin) orqali baland ovozda musiqa eshitib ketayotgan yoki telefonda ishtiyoq bilan gaplashayotgan odam oʻzini muhim sensorli tizimlardan biri boʻlgan eshitishdan mahrum qiladi.
U atrofidagi tovushlarni ajrata olmaydi, unga signal berishning iloji yoʻq, masalan, velosiped qoʻngʻirogʻini ham eshitmay qoladi. Naushnik taqqan odam oʻz hayollariga choʻmib, tinglaytgan qoʻshiq yoki kuyidan ilhomlanib, ongsiz ravishda velosiped yoʻliga chiqib ketishi mumkin.
Bunday piyodalar barcha yoʻl foydalanuvchilari uchun ham, oʻzlari uchun ham xavflidirlar. Ularga signal chalish foydasiz, qoʻllarni silkitib imo qilish yoki baqirish mutlaqo foydasiz. Koʻpincha velosipedchilar bilan toʻqnashuvga aynan ular sabab boʻladilar, chunki oxirgi daqiqagacha hech qanday ogohlantirishlarga javob bermaydilar.
Agar sayr paytida musiqa tinglashni yoqtirsangiz, iltimos, atrofga diqqat bilan qarang. Buni iloji boricha naushniksiz yurganingizdan koʻra koʻproq bajaring.
Toʻqnashuvning oldini olish uchun velosipedchining toʻxtashi yoki sizni aylanib oʻtishi siz chetga chiqishingizdan koʻra qiyinroq va baxtsiz hodisa natijasida eng koʻp jabrlanadigan siz boʻlasiz. Buni yodda tuting va velosipedchilarga tez-tez yoʻl bering.
Ularni tushunishga harakat qiling, velosipedchilarning oʻzlari ham har daqiqada vaziyatni nazorat qilishi kerakligidan mamnun emas. Ular piyodalar orasida yurishdan va kimnidir yiqitish yoki shikast yetkazishdan qoʻrqishadi.
Ehtimol, ertaga siz ham velosiped haydashga qaror qilasiz va hamma joyda: qatnov qismida ham, yoʻlakda ham oʻzingizni “begona” lardek his qilish nima ekanini tushunasiz.