Oʻrindiqda shubhali narsa bormi? Nima qilishim kerak?
Soʻnggi paytlarda fuqarolar tomonidan portlovchi moslama boʻlishi mumkin boʻlgan shubhali narsalarni topish holatlari tez-tez uchrab turadi. Bunday jismlarni topib olish holatlari nafaqat zinapoya maydonchalarida, kvartiralarning eshiklari oldida, muassasalarda va jamoat joylarida, balki, jamoat transportida ham uchraydi. Ular aniqlanganda oʻzini qanday tutish kerak?
Noma’lum narsa topilganida koʻriluvchi choralar:
- Agar topilgan narsa, sizningcha, bu joyda boʻlmasligi kerak boʻlsa, buni e’tiborsiz qoldirmang.
- Agar jamoat transportida unutilgan yoki egasiz narsani topsangiz, yaqin atrofdagilardan soʻrang. Bu kimga tegishli ekanligini va kim uni qoldirgan boʻlishi mumkinligini aniqlashga harakat qiling. Agar egasi aniqlanmagan boʻlsa, topilma haqida darhol kattalarga yoki transport vositasining haydovchisiga xabar bering.
- Agar uyingizning kirish qismida noma’lum narsalarni topsangiz, qoʻshnilaringizdan soʻrang, ehtimol bu narsa ularga tegishlidir. Agar egasi aniqlanmagan boʻlsa, kattalarga yoki politsiya boʻlimiga topilma haqida darhol xabar bering.
- Agar siz noma’lum buyumni muassasada topsangiz, darhol ma’muriyatga yoki xavfsizlik xizmatiga xabar bering.
Yuqoridagi barcha holatlarda:
- topib olingan narsaga tegmang, uni qoʻzgʻatmang, ochmang;
- obyekt topilgan vaqtni belgilang;
- odamlarni bu narsadan iloji boricha uzoqlashtirish uchun qoʻlingizdan kelgan choralarni koʻring;
-ichki ishlar hodimlarining kelishini albatta kuting.
Yodingizda tuting! Buyumning koʻrinishi uning asl maqsadini yashirishi mumkin. Portlovchi qurilmalar uchun kamuflyaj sifatida sumkalar, paketlar, qutilar, oʻyinchoqlar kabi eng keng tarqalgan uy-roʻzgʻor buyumlari ishlatiladi.
Ota-onalar! Siz farzandlaringizning hayoti va salomatligi uchun javobgarsiz. Bolalarga koʻchada yoki binoga kirish joyida topilgan har qanday narsa xavfli boʻlishi mumkinligini tushuntiring.
Portlovchi moslama boʻlishi mumkin boʻlgan topilmalar yoki shubhali narsalar bilan mustaqil ravishda hech qanday harakat qilmang. Bu ularning portlashiga, koʻplab qurbonlar va vayronagarchiliklarga olib kelishi mumkin.